MarketPilot Ro'yxatdan o'tish

Foydalanish shartlari

Kuchga kirgan sana: 2026-yil 17-oktabr

1. Xizmat

MarketPilot — marketplace sotuvchilari uchun onlayn xizmat: do'konlaringiz ma'lumotlarini marketplace API orqali oladi, sof foyda, hisobotlar va tavsiyalarni ko'rsatadi, buyurtmalar, narx, qoldiq va sharhlar bilan ishlashga yordam beradi.

2. Ro'yxatdan o'tish va hisob

  • Ro'yxatdan o'tishda to'g'ri ism, telefon raqami va email kiritasiz; telefon raqami Telegram orqali tasdiqlanadi.
  • Parolingizni boshqalarga bermang. Hisobingiz orqali qilingan amallar uchun siz javobgarsiz.
  • Xizmatdan noqonuniy maqsadda yoki boshqa shaxslarning do'konlariga ruxsatsiz kirish uchun foydalanish taqiqlanadi.

3. Sinov muddati va to'lov

  • Ro'yxatdan o'tgandan keyin dastlabki 3 oy bepul.
  • Sinovdan keyin obuna narxi — oyiga 200 000 so'm. Narx o'zgarsa, kamida 14 kun oldin xabar beriladi.
  • Obuna to'lanmasa, hisob «faqat ko'rish» rejimiga o'tadi: ma'lumotlar saqlanadi, yangi ma'lumot yuklash va o'zgartirishlar to'xtaydi.

4. Marketplace kalitlari

  • Marketplace API kalitlarini o'zingiz kiritasiz; ular faqat sizning do'koningiz ma'lumotlarini olish va siz tasdiqlagan amallarni bajarish uchun ishlatiladi.
  • Narx, qoldiq, sharhga javob kabi marketplace'dagi o'zgarishlar faqat siz tasdiqlaganingizdan keyin yuboriladi.
  • Kalitni istalgan vaqtda marketplace kabinetida bekor qilishingiz yoki «Do'konlar» sahifasidan o'chirishingiz mumkin.

5. Hisob-kitoblar va AI

  • Ko'rsatkichlar marketplace bergan ma'lumotlar va siz kiritgan tannarx/xarajatlar asosida hisoblanadi. Marketplace ma'lumotlari kechiksa yoki xato bo'lsa, hisob-kitob ham shunga bog'liq.
  • MarketPilot tavsiyalari va AI javoblari ma'lumot uchun; ular buxgalteriya, soliq yoki yuridik maslahat emas. Muhim qarorlardan oldin raqamlarni tekshiring.

6. Xizmatning ishlashi

Xizmatni uzluksiz ishlatishga harakat qilamiz, lekin texnik ishlar, marketplace API cheklovlari yoki uzilishlar sababli vaqtincha to'xtashlar bo'lishi mumkin. Rejalashtirilgan ishlar haqida oldindan xabar beramiz.

7. Hisobni yopish

Hisobingizni va ma'lumotlaringizni o'chirishni istalgan vaqtda so'rashingiz mumkin. Shartlar jiddiy buzilganda hisobni to'xtatish huquqimiz bor.

8. O'zgarishlar va aloqa

Shartlar o'zgarsa, yangi tahriri shu sahifada e'lon qilinadi.